TGViewer
Channel Public Channel
Umar shares

Umar shares

@umar_shares

Dasturchi @UmarSadullayev’ning shaxsiy blogi. Buyerda istalgan mavzuda post joylanadi.
Subscribers
708
Photos
264
Videos
10
Links
71

Showing posts older than #887 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #886 698
Birinchi JCH golini urdik 🔥
  • 🔥 7
  • 👍 1
Post #885 720
Umar shares Ertaga ertalab O'zbekiston birinchi marta Jahon chempionatida o'ynaydi. Rosa qiziqyapman natijaga 😄 Katta ehtimol bilan kichik hisobda yutqazsak kerak. Lekin umid ham yo'q emas. #jch
  • 😁 11
  • 🔥 1
  • 🤣 1
Post #884 818
Yaxshiyam Germaniyani guruhiga tushmapmiz :D

#hazil
  • 🤣 23
  • 😁 6
  • ❤ 1
Post #883 752
Bir ishxonamda boshlig'imiz shu so'zlarni o'rgatgan edi: Har doim yomoniga tayyor turish kerak.

Yomoniga o'zingizni tayyor qilsangiz, ikkala holatda ham yutasiz. Katta qaror qilyapsizmi? Yomon natijaga ham tayyorlanib qo'ying, kamida kamroq stress olasiz.

P.s: Bu usuldan eng kamida O'zbekiston o'yinidan oldin foydalaning)

#fikr

@umar_shares
  • 😁 14
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 💯 2
Post #882 687
Ertaga ertalab O'zbekiston birinchi marta Jahon chempionatida o'ynaydi.

Rosa qiziqyapman natijaga 😄 Katta ehtimol bilan kichik hisobda yutqazsak kerak. Lekin umid ham yo'q emas.

#jch
  • 👏 8
  • 🎉 1
Post #877 745
Odamlarimizni katta qismi agressiv, jahldor bo'lib borayotganini sizlar ham sezyapsizlarmi?

Nima sababdan deb o'ylaysizlar?

#fikr
  • 💯 16
  • 😁 6
  • 👍 4
Post #876 1.63K
WB taxi ishlatmang!

Sal qolsa mashinani to'xtatib urushib ketardim.

Boyagina bo'lgan holat:
Comfort+ chaqirdim. Song Plus keldi. Ichi isib ketgan, "konditsionerni yoqing" desam oynani ochdi, konditsionerni yoqmadi. Okey, o'zimni bosdim. Oynasini boshqaruvini bloklab qo'ygan. Mashinani juda tez va qo'pol haydayapti. "Sekinroq hayduring, mol tashamayapsiz" dedim. "Sekin haydavomman" dedi va shu qo'pol haydashida davom etdi.

Qonim qaynab, urushib ketishimga sal qoldi. Support'ga yozaman deb o'zimni bosdim. Support esa javob ham yozmadi mana 😂

Haydovchilarga birorta filter qo'yishadimi bular o'zi?

Juda ko'nglim qoldi.

#tanqid
  • ❤ 12
  • 🔥 5
  • 👍 3
Post #874 758
Hozir ijarada turgan uyimiz katta yo’lga qaragan.

Kechasi 12 yoki 2’mi farqi yo’q, “Vaaarrrrr” qilib o’tadigan zolimlar o’tib turadi.

Derazani ochishga qo’rqib qolarkan odam. Bolamiz uyg’onib qolyapti.

Sizga 2 ta maslahatim:
1. Aholi yashash hududlarida bunday yurmang.
2. Yangi uy olishingizda yo’lga qaraganligini ham hisobga oling.
Yangi uylar ko’p oling 🤲

@umar_shares
  • ❤ 33
  • 👍 3
Post #873 753
Kimdir Ispaniyani kuchsizroq jamoaga qarshi o’yiniga 1mln$ tikkan ekan. Yutsa 85k$ yutib olishi kerak bo’lgan.

O’yin 0:0 bo’libdi 😅
Ana xolos.

O’sha qimorvozni tahminiy hozirgi holatini gif qilib tashlang 😁👇

@umar_shares
  • 🤣 13
  • 😁 2
  • ❤ 1
Post #872 911
Doktorga o'zingiz yoki farzand/yaqiningizni olib bormoqchimisiz? Maslahatim:

Bir doktor tashxisiga shubhangiz bo'lsa, boshqasiga olib boring. Puldan va vaqtdan erinmang. Zamonaviy ilmlar orqali fikrlaydigan doktor qidiring.
Masalan, bizda bo'lgan holat: Bir doktor o'g'limizga qo'ygan og'ir tashxisga shubhalangan edik. Yaxshiroq doktor qidirib, bordik. Tekshirdi. Aniq analiz qildirdi. Og'ir gap yo'q ekan. Normal jarayon ekan.

#tavsiya

@umar_shares
  • 👍 27
  • 🔥 4
  • 👏 4
Post #871 869
Hozirgi holatingizga shukur qiling, lekin rozi bo'lmang. O'sishda, ko'tarilishda davom eting.

#fikr

@umar_shares
  • 🔥 35
  • ❤ 6
  • 👍 2
  • 🙏 2
Post #870 1K
Farzandli bo'lgandan so'ng mashina juda kerak bo'lib boshlar ekan. Ayniqsa mashinaga o'rganib qolgan oila uchun 😢😄
  • 😁 19
  • 💯 2
Post #869 1.01K
Boshlang'ich to'lovsiz mashina olishni iloji yo'qmikan a?

Bilmaysizlarmi? (Man topganlarimni ustamasi juda katta ekan, juda)

#mashina
  • 🔥 9
Post #868 997
Umar shares Turmush 2 insonni bir xil fikrlaydigan qilib qo'yar ekan 😂 #hazil @umar_shares
Buyerda kinoga yumshoqqina "Feedback" ketdi)
  • 😁 14
  • 💯 4
  • ❤ 2
Post #867 936
Turmush 2 insonni bir xil fikrlaydigan qilib qo'yar ekan 😂

#hazil

@umar_shares
  • 😁 30
  • ❤ 3
  • 👍 1
Post #866 987
Ana bo'masam, endi Mobiuz'chilarni Amerika yana ham osongina topib olarkanda 😂

P.s: Usiz ham osongina topoladi)

#mobiuz
  • 😁 11
Post #865 1.03K
Umar shares Xullas, oxirgi marta 3 ta ish alishtirgan bo'lsam, 3 tasida ham bir xil ma'noda tush ko'rganman. Eng qizig'i u ishlar hali chiqmagan edi. 2022-yilda EPAM'da edim. Bir akam bilan ishga tayyorlanib yurgandik, ularga ish qidirayotgan edik, menga emas. Tush ko'rdim.…
Ish alishtirish niyatidagilarni guruh qilib baliq tutishni o'rgataman, atigi 99$'ga 😂

#hazil

@umar_shares
  • 🤣 30
  • 😁 4
Post #864 967
Xullas, oxirgi marta 3 ta ish alishtirgan bo'lsam, 3 tasida ham bir xil ma'noda tush ko'rganman. Eng qizig'i u ishlar hali chiqmagan edi.

2022-yilda EPAM'da edim. Bir akam bilan ishga tayyorlanib yurgandik, ularga ish qidirayotgan edik, menga emas.
Tush ko'rdim. Aniq va tiniq. Shu akam bilan baliq tutyapmiz. Rosa ko'p urundilar, tutolmadilar. Man esa, bitta qarmoq tashadim-u, tutdim. Tush tugadi.
Shu akam bir-nechta joyga intervyuga kirdi va ishga kirolmadi. Keyin yo'q joydan menga bir kompaniya o'sha paytdagi oyligimdan salkam 2x farq bilan ishga oldi. O'rta darajadagi dasturchi uchun yetarlicha katta oylik edi.
Shunda o'sha tushni esladim. Sababi avval ham boshqa masalalarda shunday tushlar ko'rib turardim.

1 yil o'tib, yana aniq va tiniq tush. Yana baliq. Bu safar baliq juda katta edi. Darrov shu eski tush esimga kelib, hursand bo'ldim 😂 Bir oz muddat o'tib, boshqa lokal kompaniyaga ishga kirdim. Lekin nega bunaqa katta baliq ekanini ishdan ketgunimcha bilmadim. Hozir o'zimcha bilaman. Ishdan ketishimda uy olishimga shu kompaniya katta summa qarashdi. Tushim "to'liq" bo'ldi. So'nggi ishga kirishimdan oldin ham baliqlarni ko'rgan edim 😄. Bu safar biroz kichik, ammo ko'p. Bu 3-marta bir xil ssenariy takrorlanishi edi.

Hozir biror yaqinim boshqa ishga o'tasizmi desa, "hali baliqlarni ko'rmadim" — deb javob beraman. Hazillashib.

Bu holatda shu ishxonalarga kirishni tushlarga qarab qaror qildimmi? Yo'q albatta, aqlni ishlatgan holda qilingan qarorlar edi, Allohni izni bilan. Keyingisida ham albatta bunday "belgi"larga emas, tepadagi postda sanab o'tgan ketma-ketlikka amal qilaman, Xudo xohlasa.

Sizga qiziq bo'ldimi? Sizlarda ham shu kabi voqealar bo'lganmi?

@umar_shares
  • 😁 20
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 🕊 2
Post #862 635
Umar shares Sizlarda ham shunday holatlar bo'lganmi? Masalan, biror belgi olasiz va shunga ishonasiz. Ba'zilariga to'g'ri ishonasiz, ba'zilari esa belgi ham bo'lmaydi aslida. Manda ish borasida naqd 3 marta shunday belgili tush bo'lgan. Aytsam qiziq bo'ladimi? Kamida…
15 ta bomaptiku 😅
  • 😭 6
  • 😁 4
Post #861 739
Umar shares Tushuntirish Tepadagi postdan maqsad shuki: hayotda har xil hodisalar bo‘ladi. Biz musulmon o'laroq hamma narsa O'zining ilmi va taqdiri bilan bo‘lishiga ishonamiz. Shu sabab 100% mustaqil “tasodif” degan narsa yo‘q. Lekin bu degani — har bir uchragan voqeani…
Sizlarda ham shunday holatlar bo'lganmi?

Masalan, biror belgi olasiz va shunga ishonasiz. Ba'zilariga to'g'ri ishonasiz, ba'zilari esa belgi ham bo'lmaydi aslida.

Manda ish borasida naqd 3 marta shunday belgili tush bo'lgan. Aytsam qiziq bo'ladimi? Kamida 15 ta odam "+" qoldirsa aytay, bo'lmasa ishimni qilaveray.
  • 🔥 26
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →