TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 706 subscribers
Post #864 967
Xullas, oxirgi marta 3 ta ish alishtirgan bo'lsam, 3 tasida ham bir xil ma'noda tush ko'rganman. Eng qizig'i u ishlar hali chiqmagan edi.

2022-yilda EPAM'da edim. Bir akam bilan ishga tayyorlanib yurgandik, ularga ish qidirayotgan edik, menga emas.
Tush ko'rdim. Aniq va tiniq. Shu akam bilan baliq tutyapmiz. Rosa ko'p urundilar, tutolmadilar. Man esa, bitta qarmoq tashadim-u, tutdim. Tush tugadi.
Shu akam bir-nechta joyga intervyuga kirdi va ishga kirolmadi. Keyin yo'q joydan menga bir kompaniya o'sha paytdagi oyligimdan salkam 2x farq bilan ishga oldi. O'rta darajadagi dasturchi uchun yetarlicha katta oylik edi.
Shunda o'sha tushni esladim. Sababi avval ham boshqa masalalarda shunday tushlar ko'rib turardim.

1 yil o'tib, yana aniq va tiniq tush. Yana baliq. Bu safar baliq juda katta edi. Darrov shu eski tush esimga kelib, hursand bo'ldim 😂 Bir oz muddat o'tib, boshqa lokal kompaniyaga ishga kirdim. Lekin nega bunaqa katta baliq ekanini ishdan ketgunimcha bilmadim. Hozir o'zimcha bilaman. Ishdan ketishimda uy olishimga shu kompaniya katta summa qarashdi. Tushim "to'liq" bo'ldi. So'nggi ishga kirishimdan oldin ham baliqlarni ko'rgan edim 😄. Bu safar biroz kichik, ammo ko'p. Bu 3-marta bir xil ssenariy takrorlanishi edi.

Hozir biror yaqinim boshqa ishga o'tasizmi desa, "hali baliqlarni ko'rmadim" — deb javob beraman. Hazillashib.

Bu holatda shu ishxonalarga kirishni tushlarga qarab qaror qildimmi? Yo'q albatta, aqlni ishlatgan holda qilingan qarorlar edi, Allohni izni bilan. Keyingisida ham albatta bunday "belgi"larga emas, tepadagi postda sanab o'tgan ketma-ketlikka amal qilaman, Xudo xohlasa.

Sizga qiziq bo'ldimi? Sizlarda ham shu kabi voqealar bo'lganmi?

@umar_shares
  • 😁 20
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • 🕊 2
More from @umar_shares
  1. Sep 29, 2026Mebellarni arzon joyi qayerda? Kim biladi? ;) Yotoqxona mebeli va stol stul olishimiz kera…
  2. Sep 28, 2026Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud. #fikr @umar_shares
  3. Sep 27, 2026Vaksina nomi: Influvac Tetra O’tgan yil ham shundan olganman. Shifokoringiz bilan maslahat…
  4. Sep 27, 2026Grip mavsumi ham boshlandi 🥲🤧 Vaksina olib qo’yish kerak bu yil ham.
  5. Sep 26, 2026Bog'chalarda oxirgi yillar davomida bo'layotgan holatlar yana ham qattiqroq ta'sir qilishn…
  6. Sep 26, 2026Umar S. sizga So‘ztop yashirdi! 5 ta harfli so‘zni 6 ta urinishda toping. 🟩🟩🟩🟩🟩 tilmo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →