TGViewer
IIBB YHXB | Rasmiy kanali IIBB YHXB | Rasmiy kanali @ubdd_uz · 8.43K subscribers
Post #40204 1.35K
“APK Qo‘riqchi” — mobil qurilmangiz xavfsizligini ta’minlashda ishonchli yordamchi

🌍 Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan zararli dasturlar, soxta havolalar hamda firibgarlik maqsadida yuborilayotgan APK fayllar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va moliyaviy xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

💻 Fuqarolarni mazkur xavflardan ogoh qilish maqsadida poytaxt YHXB Texnika nazorati bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda targ‘ibot ishlari tashkil etilib, mazkur ilovaning afzalliklari va ularni o‘rnatish tartibi tushuntirilmoqda.

Bunday kiberxavflarning oldini olishda “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasi muhim yordamchi vositalardan biri hisoblanadi.

Ilovaning asosiy imkoniyatlari va afzalliklari:

1️⃣ Zararli APK fayllarni aniqlash — telefon xotirasi va yuklab olingan fayllarni tekshirib, shubhali o‘rnatish paketlarini aniqlashga yordam beradi.

2️⃣ Xavfli ilovalarni nazorat qilish — o‘rnatilgan dasturlar va ularga berilgan ruxsatlarni tahlil qiladi.

3️⃣ Nomaqbul o‘rnatishlarning oldini olish — maxsus himoya funksiyasi orqali shubhali dasturlarning o‘rnatilishini cheklashga ko‘maklashadi.

4️⃣ Xavfsizlik haqida ogohlantirish — ehtimoliy xavf va xavfsizlikka oid hodisalar haqida foydalanuvchini xabardor qiladi.

5️⃣ Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi — tekshiruvlar qurilmaning o‘zida amalga oshiriladi.

👮‍♂️ Unutmang! Firibgarlar tomonidan Telegram va boshqa messenjerlar orqali yuborilayotgan noma’lum APK fayllarni ochish yoki o‘rnatish shaxsiy ma’lumotlaringiz hamda bank hisobvaraqlaringiz xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

❗️ Kiberxavfsizlik — har birimizning hushyorligimizdan boshlanadi!

✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
More from @ubdd_uz
  1. Oct 10, 2026👉 Uch Qahramon YPX maskanida qochishga uringan shaxs qo‘lga olindi: undan giyohvand modda…
  2. Oct 9, 2026🗺 Olmazor tumanida sodir bo’lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot. Joriy yilning…
  3. Oct 9, 2026🗺 Yunusobod tumanida sodir bo’lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot. Joriy yilni…
  4. Oct 9, 2026🟦🟦🟦 ❇️ Ijtimoiy tarmoq orqali KIA avtotransport vositasi piyodalar yo‘lagida qarovsiz q…
  5. Oct 9, 2026🟦🟦🟦 ➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qoidabuzarliklarni sodir etib harakatlangan hayd…
  6. Oct 9, 2026Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizda mehmon bo‘lib turgan bloger Mr Beastning transport vosi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →