Joriy yilning 09-oktyabr kuni soat 18-00 larda Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan 2004-yilda tug‘ilgan M.J ismli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga borib urilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.
🚨 YTH natijasida haydovchi M.J ga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
🌫 Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
❗️ Hurmatli haydovchilar, harakat vaqtida yo’l harakati qoidalariga qatiy amal qilishingizni so‘raymiz.
🚔Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
