DIQQAT MUHIM ❗️
👉 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani Shahrisabz tor ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida soat 06:00 dan 18:00 ga qadar transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.
Haydovchilardan mazkur cheklovni inobatga olib, harakatlanish yo‘nalishini oldindan rejalashtirishlarini hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni hisobga olgan holda yondosh yo‘nalishlardan foydalanishlarini eslatib o'tamiz.
⚡️ Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Post #40203
1.05K

- ❤ 1