👮🏻♀️ Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning hamda yo’l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida doimiy ravishda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
⚡️ Chilonzor tumani Ko'rkam MFYda joylashgan 173-sonli maktabida, Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari hamkorligida o’quvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
❕ Uchrashuv davomida mas’ul xodimlar tomonidan keyingi paytda yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
🚨 Shu bilan birgalikda "Yo’l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida yo'llarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalariga amal qilgan holda harakatlanish lozimligi yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borildi.
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Post #40185
889