Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi piyodaga yo‘l bermasdan harakatlanganligi aks etgan video tarqalgan.
📑 Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib profilaktik suhbat o‘tkazildi.
❗️Haydovchilardan transport vositasini boshqarish davomida tartibga solinmagan piyodalar o'tish joylariga yaqinlashganda tezlikni pasaytirishlarini va piyodalarga to'xtab yo'l berib, o'tkazib yuborishlarini so'rab qolamiz.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Post #39951
749


