Joriy yilning 25-sentyabr kuni soat 22-45 larda Mirobod tumani KXAY ko‘chasi 83-maktab qarshisida haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan J.Sh mototransport vositasini boshqarib ketayotib oraliq masofani saqlay olmasdan o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi T.L boshqaruvidagi GAZ 5312 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv natijasida boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 2001-yilda tug‘ilgan Sh.S boshqaruvidagi KIA K5 avtotransport vositasi bilan to‘qnashib YTHsi sodir etgan.
🌫 YTH natijasida mototransport vositasi haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilishiga qaramasdan kasalxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.
🌫 Mazkur holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib mas’ul xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekisining 266-moddasi tegishli bandlariga asosan jinoyat ishi qo’zg’atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
❗️ Barcha mototranspor vositalari haydovchilaridan oraliq masofani saqlab, tezlik me’yorlariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati