Joriy yilning 25-sentabr kuni soat 17-05 larda Mirzo Ulug’bek tumani Gulsanam ko‘chasida velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro va 1966-yilda tug‘ilgan A. M ismli Jentra rusumli transport vositasi haydovchisi o’rtasida YTH sodir bo’lgan.
🌫 YTH natijasida velosiped haydovchisining yengil tan jarohati mavjudligi sababli birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan.
🌫 Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
❗️ Hurmatli haydovchilar, harakat vaqtida yo’l harakati qoidalariga qatiy amal qilishingizni so‘raymiz.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati