Avstraliya aviakompaniyasi samolyotda hasharotlar topilgani sabab parvozni bekor qildi
Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi bortda to‘shak qandalasi (taxtakana deb ham ataladi) aniqlangani sabab Rimdan Pert shahriga rejalashtirilgan parvozni bekor qildi. Avvalgi reys yo‘lovchilari hasharotlar chaqishidan shikoyat qilgan.Hodisa Qantas’ning Boeing 787 Dreamliner samolyotida yuz bergan. 9 oktabr kuni Rimga kelib qo‘ngan yo‘lovchilar parvoz vaqtida ularni hasharotlar chaqqanini bildirgan. Bort kuzatuvchilari ayrim yo‘lovchilarga qichishishni kamaytirish uchun allergiyaga qarshi dorilar bergan. Biroq dorilar zaxirasi tugab qolgan. Samolyot tekshirilgach, ekonomklassdagi bir nechta o‘rindiqda taxtakanalar aniqlangan. Shu sababli samolyot vaqtincha parvozlardan chetlatilib, maxsus tozalash va dezinfeksiya qilishga yuborilgan.
