NASA marsoxodi Marsda eng uzoq masofani bosib o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
NASAning Perseverance marsoxodi Mars yuzasida 45,22 kilometr masofani bosib o‘tib, yangi rekord o‘rnatdi. Shu tariqa u Yer sayyorasidan tashqarida eng uzoq masofani bosib o‘tgan transport vositasiga aylandi. Rekord 11 oktabr kuni, marsoxod missiyasining 2006-Mars kunida qayd etildi. Bungacha rekord 45,16 kilometr masofani bosib o‘tgan Opportunity marsoxodiga tegishli edi. Perseverance bu natijaga taxminan besh yarim yilda erishdi, Ushbu tizim marsoxod yurayotgan vaqtda atrofni suratga oladi, to‘siqlarning uch o‘lchamli xaritasini tuzadi va Yerdagi mutaxassislar belgilagan manzillar orasidan xavfsiz yo‘lni tanlaydi. Bu texnologiya marsoxodga bir Mars sutkasida 412 metrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Post #29903
283
