TGViewer
SURXONDARYO TELERADIOKANALI SURXONDARYO TELERADIOKANALI @tvsurxon · 6.03K subscribers
Post #29851 396
Messi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida ishtirok etadi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda LiveScore xabar bermoqda.Eslatib o‘tamiz, ushbu mukofotni topshirish marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. G‘olibni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni allaqachon yakunlangan, biroq tashkilotchilar uning ismini marosimga qadar sir saqlashga harakat qilmoqda.Manba ma’lumotiga ko‘ra, Lionel Messi va uning oilasi 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida qatnashishini tasdiqlagan. Argentinalik futbolchi bu yil «Oltin to‘p»ni faoliyatida to‘qqizinchi marta qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.Hozirgacha Messi 8 bor «Oltin to‘p»ga ega chiqqan. Bu borada u ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, bu yilgi jahon chempionatida Messi Argentina milliy jamoasi bilan finalgacha yetib keldi va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga yutqazib qo‘ydi.
More from @tvsurxon
  1. Oct 14, 2026Yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosining oldi olindi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali b…
  2. Oct 14, 2026TOM KRUZNING YANGI FILMI 245 MILLION DOLLAR ZARAR KELTIRISHI MUMKIN Gollivud yulduzi Tom K…
  3. Oct 14, 2026Talabalikka bag‘ishlov — ulkan maqsadlar sari dadil qadam! Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni…
  4. Oct 14, 2026“So‘z sizga” tok-shousining navbatdagi sonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqi…
  5. Oct 14, 2026Holand «Barsa»ga o‘tish uchun «Man Siti»ni erta tark etishi mumkin «Manchester Siti» hujum…
  6. Oct 14, 2026TerDUning 28 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlar or…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →