TGViewer
SURXONDARYO TELERADIOKANALI SURXONDARYO TELERADIOKANALI @tvsurxon · 6.03K subscribers
Post #29863 258
TOM KRUZNING YANGI FILMI 245 MILLION DOLLAR ZARAR KELTIRISHI MUMKIN

Gollivud yulduzi Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” filmi kinoprokatda kutilgan natijani bermadi. Tahlilchilar kartina taxminan 245 million dollar zarar keltirishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Filmning ikkinchi hafta oxirida chiptalar savdosi 60 foizga kamaygan. Hozirgacha uning jahon bo‘yicha daromadi 35 million dollar atrofida qolmoqda.

Warner Bros. filmni suratga olish va reklama qilish uchun taxminan 280 million dollar sarflagan. Xarajatlarni qoplash uchun esa 300–350 million dollar daromad kerak bo‘lishi mumkin.

Rejissyor Alejandro Gonsales Inyarritu suratga olgan filmning muvaffaqiyatsizligi Tom Kruzning “Top Gun” va “Mission: Impossible” kabi mashhur loyihalari natijalaridan keskin farq qiladi.

Gollivud yulduzlarining o‘zi ham kinoprokat muvaffaqiyatini kafolatlay olmaydi.
More from @tvsurxon
  1. Oct 14, 2026#HUQUQIY_AXBOROT #Bilasizmi Tarif o‘zgarganda elektr uchun avans to‘laganlar qo‘shimcha to…
  2. Oct 14, 2026Yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosining oldi olindi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali b…
  3. Oct 14, 2026Talabalikka bag‘ishlov — ulkan maqsadlar sari dadil qadam! Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni…
  4. Oct 14, 2026“So‘z sizga” tok-shousining navbatdagi sonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqi…
  5. Oct 14, 2026Holand «Barsa»ga o‘tish uchun «Man Siti»ni erta tark etishi mumkin «Manchester Siti» hujum…
  6. Oct 14, 2026TerDUning 28 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlar or…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →