Holand «Barsa»ga o‘tish uchun «Man Siti»ni erta tark etishi mumkin
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand faoliyatini «Barselona»da davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 yoshli norvegiyalik futbolchi kataloniyaliklar safida Lamin Yamal bilan birga to‘p tepishni istaydi. Hujumchining fikricha, uning Manchester klubidagi faoliyati yakuniga yaqinlashmoqda va Erling mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Holandning qaroriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yana bir omil sifatida «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidalarning ehtimoliy buzilishi bo‘yicha ish doirasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar ko‘rsatilgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik futbolchining vakillari «Barselona» prezidenti Joan Laporta bilan ehtimoliy transferni muhokama qilishga tayyor. Biroq hozircha muzokaralar aniq kelishuvga olib kelmagan. Qayd etish lozim, norvegiyalik hujumchi 2022-yil yozida «Borussiya D»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan e
