TGViewer
SURXONDARYO TELERADIOKANALI SURXONDARYO TELERADIOKANALI @tvsurxon · 6.03K subscribers
Post #29848 412
Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Xitoy va Hindistondan o‘zib ketadi.

Qirg‘iziston Osiyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biriga aylandi. BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi hisobotiga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2026-yilda 8,8 foizga o‘sadi. Bu haqda 9 oktabr kuni e’lon qilingan “Savdo va taraqqiyot hisoboti — 2026”da keltirilgan. Qirg‘iziston mintaqada kutilayotgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi. Taqqoslash uchun, hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,9 foizga, Tojikiston 6,6 foizga, Mo‘g‘uliston 7 foizga, Xitoy 4,5 foizga, Hindiston 7,3 foizga va Indoneziya 5,2 foizga o‘sadi. Qirg‘izistonning yuqori ko‘rsatkichlari global iqtisodiy sekinlashuv fonida prognoz qilinmoqda.
More from @tvsurxon
  1. Oct 14, 2026Yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosining oldi olindi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali b…
  2. Oct 14, 2026TOM KRUZNING YANGI FILMI 245 MILLION DOLLAR ZARAR KELTIRISHI MUMKIN Gollivud yulduzi Tom K…
  3. Oct 14, 2026Talabalikka bag‘ishlov — ulkan maqsadlar sari dadil qadam! Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni…
  4. Oct 14, 2026“So‘z sizga” tok-shousining navbatdagi sonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqi…
  5. Oct 14, 2026Holand «Barsa»ga o‘tish uchun «Man Siti»ni erta tark etishi mumkin «Manchester Siti» hujum…
  6. Oct 14, 2026TerDUning 28 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlar or…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →