Mavrikiyda tartibsizliklar ortidan maktablar yopildi
Mavrikiy Ta’lim vazirligi 13 oktabr kuni mamlakatning ba’zi hududlarida maktablar vaqtincha yopilganini ma’lum qildi. Bunga politsiya xodimi yosh ayolga o‘q uzganidan so‘ng boshlangan tungi tartibsizliklar sabab bo‘ldi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli Elodi Tomasga o‘q uzilishi ortidan politsiya serjantiga nisbatan dastlabki ayblov e’lon qilingan. Biroq hodisaga nima sabab bo‘lgani haqida tafsilotlar keltirilmadi. Elodi 9 oktabr kuni kechasi poytaxtdan janubdagi turar joy dahasida furgonda uyiga qaytayotganida yaralangan. Sog‘liqni saqlash vaziri Anil Bachuga ko‘ra, Elodi tanasidan o‘qni olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Politsiya xodimlari hodisa yuzasidan izoh bermadi. Lekin surishtiruv ishlari boshlangani ma’lum qilindi. 12 oktabr kuni kechasi mamlakatning ayrim hududlarida namoyishchilar avtomobil shinalarini yoqib, yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Shu sababli hududlarga politsiya kuchlari safarbar etildi. Bos
