TGViewer
MANAGEMENT FACULTY MANAGEMENT FACULTY @tsue_management_faculty · 5.42K subscribers
Post #11967 1.18K
✅ “DAVLAT TILI — MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

⚡️Joriy yilning 15-oktabr kuni Menejment fakulteti Falsafa kafedrasi tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🎓 Mazkur tadbir Falsafa kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori T. Norov hamda kafedra katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G. Karimova tashabbusi bilan o‘tkazildi.

🔥Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Mansur Tursunpo‘latovich Musayev mehmon sifatida ishtirok etdi.

🔖 Tadbir davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ona tilimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uning sofligini saqlash va rivojlantirish har bir fuqaroning muhim burchi ekanligi ta’kidlandi.

🇺🇿Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsolidir!

📌Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

📱 Telegram 📱 Instagram
  • ⚡ 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @tsue_management_faculty
  1. Oct 16, 2026💊 “BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI❗️ ⚡️ Joriy yilning 1…
  2. Oct 16, 2026#Munosabat 📰Talabalarimiz uchun xalqaro imkoniyatlar eshigi ochilmoqda: universitet yana…
  3. Oct 16, 2026❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 “Ijtimoiy faollik indeksi” doirasidagi asarlar ro‘yxatini bilasizmi? ✅ Jor…
  4. Oct 16, 2026❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 🇺🇿TDIUni birga yaxshilaymiz! 📰Universitetimizni yanada yaxshi qilishga…
  5. Oct 16, 2026#ijara_xonadoni ☑️ TDIU "Menejment" fakulteti tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va t…
  6. Oct 16, 2026☕️ HAR JUMA — MILLIY LIBOSLAR KUNI! ✨ Milliy qadriyatlarimiz — faxrimiz, milliy liboslarim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →