⚡️ Joriy yilning 16-oktyabr kuni Menejment fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⚠️ Suhbat davomida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, uning oldini olish choralari hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🔥 Shuningdek, talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli zararli illatlardan o‘zini asrash va hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning giyohvandlikka qarshi immunitetini shakllantirish, ularning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qildi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱 Telegram 📱 Instagram