☑️ TDIU "Menejment" fakulteti tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlash bo'limi tyutorlari Muminova Dilnura hamda Sadriddinov Sayrob MO-30/32 hamda MNP-80/84/85 guruh talabalarining ijara xonadonlarini borib o‘rganishdi.
🔥Oʻrganish jarayonida talabalarning yashash sharoiti, xususan, dars tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar, oshxona jihozlarining sozligi hamda dam olish xonasining umumiy holati bilan tanishib chiqildi.
✔️ Ijara xonadonlarida yashovchi talabalarga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram




