RASMIY MUNOSABAT
2026-yil 13-oktabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “12-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 66-sonli “Yo‘ldosh 17-mavzesi – Toshkent vokzali” yo‘nalishida harakatlanuvchi, saroy raqami 205-bo‘lgan avtobus salonining sanitariya holati yuzasidan tanqidiy post e’lon qilindi.
Mazkur murojaat filial mas’ullari tomonidan o‘rganilib, avtobus shu kunning o‘zida yo‘nalishdan qaytgach, yuvish shoxobchasida to‘liq yuvildi. Shuningdek, avtobus salonining ichki qismi maxsus tozalash vositalari yordamida sanitariya talablariga muvofiq tozalandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan avtobusning yo‘nalishga chiqarilishida sanitariya holatiga yetarlicha e’tibor qaratmagan navbatchi mexaniklar X. Dadaxo‘jayev, R. Valiyev va O‘. Azimov bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ulardan tushuntirish xatlari olindi hamda belgilangan tartibda oylik ish haqining 10 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.
“Toshshahartransxizmat” AJ yo‘lovchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, avtobuslarning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish hamda shu kabi holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi.
“12-avtobus saroyi” filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Post #8495
1.42K



- 👍 6
- ❤ 5