⚽️ “BOSHQARUV RAISI KUBOGI – 2026” FUTBOL MUSOBAQASI
📇 “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Boshqaruv raisi kubogi – 2026” futbol musobaqasi tashkil etildi.
🏟 Mazkur musobaqada jamiyatning 8 ta avtobus saroyi hamda markaziy apparat xodimlaridan shakllantirilgan jami 12 ta jamoa o‘zaro kuch sinashmoqda.
🔥 Hozirga qadar musobaqaning 1- va 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Maydonda jamoalar g‘alaba uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solib, murosasiz va qizg‘in bahslarda ishtirok etishdi.
📊 Jamoalarning turnir davomida to‘plagan ochkolari, egallab turgan o‘rinlari va natijalari bilan videolavhamiz yakunida tanishishingiz mumkin.
🏆 Oldinda jamoalarni yana bir hal qiluvchi va qizg‘in tur kutmoqda. Yakuniy natijalar va kubok sohibi kim bo‘lishi esa navbatdagi uchrashuvlarda ma’lum bo‘ladi.
🤝 Barcha jamoalarga kelgusi bahslarda omad, munosib raqobat va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Maydonda mahorat, jamoada hamjihatlik va musobaqada haqiqiy sport ruhi ustuvor bo‘lsin!
✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Post #8494
2.47K