TGViewer
Channel Public Channel
TRM Metodik yordam

TRM Metodik yordam

@trm_metodika

TRM Metodik yordam
Subscribers
21.8K
Photos
889
Videos
272
Links
1.3K
Recent Posts 11 shown
Post #1835 3.46K
📚 2-sinf informatika darsligidagi mantiqiy topshiriqlar nimaga xizmat qiladi?

Informatika faqat kompyuter bilan ishlashni o‘rgatadigan fan emas. U o‘quvchilarda mantiqiy va algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Yuqoridagi videoda 2-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari» mashq daftarining 1-darsidagi 4-topshiriq qanday bajarilishi tushuntirilgan.

Koptoklar bilan bog‘liq ushbu topshiriqda o‘quvchilar berilgan shartlarni o‘zaro bog‘lab tahlil qilish, buyumlarning joylashuvini taqqoslash va mantiqiy xulosa asosida to‘g‘ri yechimni topishni o‘rganadilar.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika
  • ❤ 3
Post #1831 4.24K
#Metodika #STEM #Tajriba #QiziqarliFizika

Videoda keltirilgan tajribada suv naychalar orqali bir idishdan ikkinchisiga sathlar tenglashguncha oqib o‘tishi ko‘rsatilgan. Buning sababi — suyuqlik sathlari orasidagi farq va gidrostatik bosimdir.

Naycha ichida uzluksiz suv ustuni hosil bo‘lgach, sifon effekti yuzaga keladi va suv balandroq sathdan pastroq sath tomon harakatlanadi.

Ushbu oddiy tajriba orqali fizika qonunlarining kundalik hayotda qanday namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin.

© Taʼlimni rivojlantirish markazi

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika
  • 👍 5
  • ❤ 2
Post #1830 4.3K

Forwarded from TRM - Rasmiy kanal

#Tabrik
#1_oktyabr
#Muhim_sana

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizning sabr va fidoyilik bilan berayotgan mehringiz har bir o‘quvchining hayot yo‘lida muhim iz qoldiradi. Bugun sinfxonada berilgan bilim, bildirilgan ishonch va ko‘rsatilgan e’tibor ertaga yoshlarning katta yutuqlariga zamin yaratadi.

Kelajak avlodni tafakkuri teran va Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Doimo shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yuring. Hayotingiz farovonlik, e’tirof va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
  • ❤ 6
  • 👍 1
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #1829 4.92K
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan qisqa kuiz

Ustozlik kasbi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda bayram tarixi bilan bog‘liq savollarga javob berib, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring.

Videoni tomosha qiling va savollarga javobingizni aniqlang.


Nechta savolga to‘g‘ri javob bera oldingiz?

Izohlarda yozib qoldiring.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika
  • ❤ 10
Post #1818 4.28K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентациями по вопросам внедрения учебников нового поколения в школах и организации дуального обучения в сотрудничестве вузов и предприятий.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #dualtalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @trm_metodika without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TRM Metodik yordam: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TRM Metodik yordam have?
TRM Metodik yordam (@trm_metodika) has 21.8K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TRM Metodik yordam know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →