TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.3K subscribers
Post #66560 3.12K
#jarayon

Sanoat zonalarini rivojlantirishda ilg‘or tajribalar o‘rganildi

Toshkent viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi mas'ullari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Texnopark faoliyati bilan tanishdi.

Ishchi uchrashuv davomida Texnoparkda yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi hamda sanoat korxonalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish va sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, sanoat zonalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda yangi ishlab chiqarish loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur amaliy muloqot davomida o‘rganilgan tajribalar Toshkent viloyatidagi sanoat zonalari faoliyatini takomillashtirish, ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 15, 2026#islohot Yangi O‘zbekistonning paxta yetishtirishdagi yangi tajribalari Toshkent viloyati…
  2. Oct 15, 2026#shukuh Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqa…
  3. Oct 15, 2026Aholiga murojaat! Toshkent viloyati prokurori A.E.Mirzayevning jinoyatchilikni barvaqt old…
  4. Oct 15, 2026#imkoniyat Toshkent viloyati Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “Kasblar shaharchasi” faoli…
  5. Oct 15, 2026#sana Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqaro…
  6. Oct 15, 2026#taqdimot Ona tilimizning ilmiy va adabiy xazinasi kengaymoqda Toshkent viloyati Pedagogik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →