#bildirish
Ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumani hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lum qilamizki, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayni vaqtda Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan jamoatchilikka axborot taqdim etishda xolislik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishlarini, turli xabarlarni tarqatishdan avval ularning haqqoniyligini tekshirish hamda faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘raymiz.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66505
26K