Jahon chempionlari safida Toshkent viloyatining iste’dodli yoshlari ham bor
🏆Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi!
Ushbu tarixiy g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan yoshlarimiz orasida Toshkent viloyati farzandlari ham bor.
👏Jumladan, Qibray tumani farzandi Akbarov Shoxruh Azamjon o‘g‘li hamda Bekobod shahri farzandi Qosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li yuksak natijalari va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandilar.
🌟 Bu e’tirof yoshlarimizning bilim va salohiyati, izlanishlari hamda intilishlariga berilgan yuksak bahodir.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
