#targ‘ibot
Ma’rifat bor joyda jaholatga o‘rin yo‘q
Toshkent viloyatida "Jaholatga qarshi ma'rifat" g‘oyasi asosidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Yangiyo‘l tumani va Yangiyo‘l shahrida o'tkazildi.
Respublika va viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda 10 kun davomida bo'lib o‘tgan tadbirlarda tuman va shaharda joylashgan barcha davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.
Suhbatlar davomida hududlardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, aholini turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida yoshlarga milliy qadriyatlar, urf-odat va an'analarni asrab-avaylash, vatanga sadoqat, ilm olishning fazilatlari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan turli savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66539
3K






