Toshkent viloyatidagi bojxona omborlari egalari uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026-yil 27-yanvardagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan reja-topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning Zangiota tumanida joylashgan «Multimodal Trans-Terminal» MCHJ binosida hamda Angren shahridagi «Centrum-Solutions» MCHJ binosida amaliy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Tadbirlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida tashkil etilib, ularda bojxona omborlari egalarining yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda zarur choralarni ko‘rish borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardilar.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram






