TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66445 2.68K
#muloqot

Yoshlarning ma’naviy kamoloti va fuqarolik mas’uliyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi

“Yuksalish” harakatining Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi “Impuls” tibbiyot institutida “Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirishning muhim jihatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda “Yuksalish” harakati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi Bobur Bekmurodov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.


Muloqot davomida yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, ularda mustaqil fikrlash, mas’uliyat, faol fuqarolik pozitsiyasi va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘z o‘rnini anglashi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, bilim va kasbiy salohiyatini oshirishi, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishining ahamiyati ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy faolligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda kelajak uchun mas’uliyatni chuqur anglaydigan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.


Tadbir yakunida Chirchiq shahar hokimi hamda institutning faol vakillariga “Yuksalish” harakati a’zolik sertifikatlari topshirildi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 10, 2026#telenigoh Toshkent viloyatida O‘zbekiston–Polsha savdo uyi ochildi Tafsilotlar O‘zbekisto…
  2. Oct 10, 2026#jarayon Toshkent viloyatidagi bojxona omborlari egalari uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yich…
  3. Oct 10, 2026#sog’lom_turmush Nurafshon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaz…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →