TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66438 2.23K
#sog’lom_turmush

Nurafshon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Nurafshon shahar sport maktabida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalar 5000 qadam yurish, stol tennisi, shashka, shaxmat va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Ishtirokchilar belgilangan sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati va faolligini namoyish etdilar.

Mazkur tadbir tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni ommalashtirishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 10, 2026#telenigoh Toshkent viloyatida O‘zbekiston–Polsha savdo uyi ochildi Tafsilotlar O‘zbekisto…
  2. Oct 10, 2026#jarayon Toshkent viloyatidagi bojxona omborlari egalari uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yich…
  3. Oct 10, 2026#muloqot Yoshlarning ma’naviy kamoloti va fuqarolik mas’uliyatiga bag‘ishlangan ochiq mulo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →