TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66427 2.71K
#targ‘ibot

Ayol qadri — millat qadri

Chirchiq shahridagi «Kimyogarlar» madaniyat saroyida «Ayol qadri — millat qadri» mavzusida ijodiy uchrashuv hamda «Ogoh bo‘ling, odamlar» spektakli namoyish etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, professor Muhammadali Abduqunduzov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan «Ogoh bo‘ling, odamlar» spektakli namoyish etildi.

Spektaklda oilaviy munosabatlarda uchraydigan salbiy holatlar, ularning oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish masalalari yoritildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva hamda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov ishtirok etdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 9, 2026#munosabat Piskentdagi holat: Kartoshka ekilmasa, bozorda narx qimmatlashsa — jabrini chek…
  2. Oct 9, 2026#vatanparvarlik_saboqlari “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari topshirildi Toshkent viloyat…
  3. Oct 9, 2026#eslatma 📢Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi? Internet tarm…
  4. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
  5. Oct 9, 2026#qabul Aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi Nurafshon shahrid…
  6. Oct 9, 2026#musobaqa 🏆Toshkent viloyati jamoasi respublika miqyosidagi kiberxavfsizlik musobaqasida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →