📢Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan har bir noqonuniy post, video, izoh yoki repost uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.
✔️O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi da’vatlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar, yolg‘on (feyk) axborotlar, urush, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya qilmasdan kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.
Mazkur talablar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, bosma nashrlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram




