#qabul
Aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
Nurafshon shahrida joylashgan Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi binosida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolar xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, tadbirkorlik, uy-joy, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Qabul davomida har bir murojaat batafsil ko‘rib chiqilib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar alohida nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66417
1.26K


