#tadbirkorlik
Tadbirkorlar manfaatlari – e’tibor markazida
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i O. Bozorov O‘rta Chirchiq tumanining “O‘choqli” mahallasida joylashgan “TATA SHOES” MChJ rahbari, investor Vang Naye bilan uchrashdi.
Muloqotda ishlab chiqarish jarayonidagi mavjud masalalar, mehnat unumdorligini oshirish va tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Ayni paytda korxonada 50 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, trikotaj hamda oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. Investor mavjud sharoitlardan mamnunligini bildirib, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va samaradorlikni oshirishga intilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tezkor hal etish hamda zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66407
1.9K



