TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.3K subscribers
Post #66387 3.82K
#ijtimoiy_himoya

Har bir bolaning ehtiyoji alohida e’tiborda


Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi
huzurida navbatdagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda 200 nafarga yaqin bola qamrab olindi. Ko‘rik davomida malakali mutaxassislar tomonidan bolalarning aqliy, jismoniy va psixologik holati har tomonlama baholandi.

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan suhbat, kuzatuv va baholashlar asosida bolalarning ta’lim olish imkoniyatlari o‘rganilib, ularni tegishli ta’lim shakllariga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ko‘rik yakunlari asosida bolalarning individual ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim va rivojlanish yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, ayrim bolalarga inklyuziv ta’lim, boshqalariga esa ixtisoslashtirilgan ta’lim shakllaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur jarayonda mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarning ko‘magi ham muhim o‘rin tutmoqda. Ular bolalar va ularning ota-onalariga zarur ko‘mak ko‘rsatib, komissiya ko‘rigiga kelish jarayonida hamroh bo‘ldi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 14, 2026#seminar Mahallalarda samaradorlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilm…
  2. Oct 14, 2026#jarayon Sanoat zonalarini rivojlantirishda ilg‘or tajribalar o‘rganildi Toshkent viloyati…
  3. Oct 14, 2026#tayinlov Xalmirzayev Zunnun Muradovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi I…
  4. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →