TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66384 2.59K
#sog‘lom_hayot

Qaramlik ko‘pincha katta qarordan emas, “bir marta” degan kichik xatodan boshlanadi.

Avvaliga — qiziqish. Keyin — odat. So‘ng esa inson o‘z hayoti ustidan nazoratni yo‘qota boshlaydi.

Sog‘liq zaiflashadi, yaqinlar uzoqlashadi, oilaviy rishtalar uziladi. Eng achinarlisi, inson ba’zan o‘zining qaramlikka tushib qolganini anglaganida, undan chiqish uchun yolg‘iz kurashishga kuchi yetmaydi.

Bugungi qahramonlarimiz ana shunday sinovlarga duch kelgan. Ular alkogol va narkotik moddalar qanday oqibatlarga olib kelishini shunchaki eshitgan emas — o‘z hayoti misolida boshdan kechirgan.

2026-yil 5-yanvardagi Prezidentning PQ-1-son qarori doirasida narkologik kasalliklarning oldini olish, bemorlarni davolash va dispanser nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qaramlik sabab o‘zini o‘zi nazorat qila olmaydigan shaxslar belgilangan tartibda majburiy davolanishga jalb etilib, ularga zarur tibbiy va reabilitatsion yordam ko‘rsatilmoqda.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 9, 2026#tadbirkorlik Tadbirkorlar manfaatlari – e’tibor markazida Majburiy ijro byurosining Toshk…
  2. Oct 9, 2026#paxta_2026 Xalqaro ekspertlar viloyatimizning ilg‘or paxtachilik tajribasi bilan tanishdi…
  3. Oct 9, 2026#telenigoh Olmaliq shahrida "Ayol qadri — millat qadri" shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ij…
  4. Oct 8, 2026#ijtimoiy_himoya Har bir bolaning ehtiyoji alohida e’tiborda Ijtimoiy himoya milliy agentl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →