#sport
Toshkent viloyati sport delegatsiyasi Boshqirdistonga jo‘nab ketdi
Toshkent viloyati sport delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida joriy yilning 10-12-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan sport musobaqasida ishtirok etish uchun Boshqirdistonga jo‘nab ketdi.
Delegatsiyaga Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Bobokulov rahbarlik qilmoqda.
Mazkur ishtirok Toshkent viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o‘rtasidagi sport sohasidagi aloqalarni rivojlantirish doirasida tashkil etilgan.
Musobaqa davomida viloyatimiz sportchilari o‘z mahoratlarini namoyish etib, munosib natijalarni qo‘lga kiritish uchun bahs olib boradilar.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66381
2.02K
