TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66233 2.82K
#ta'lim

Chinozlik pedagoglar Finlyandiyada

Chinoz tumanidagi bir guruh ta’lim sohasi vakillari “O‘zbekistonda Finlyandiya ilhomlantirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish (FIESDU)” loyihasi doirasida Finlyandiyada bo‘lib, mamlakatning ilg‘or ta’lim tajribasini o‘rgandi.


Shuningdek, Finlyandiya ta’lim sohasi vakillari va FIESDU loyihasi mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, zamonaviy maktab boshqaruvida ishonch, pedagogik yetakchilik, jamoaviy yondashuv va o‘quvchi manfaatlarini ustuvor qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganilgan tajribalar orasida o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish, ular uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, o‘qituvchilarning kasbiy mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi.

Olingan tajribalar asosida Chinoz tumanidagi ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilandi.

Mazkur loyiha doirasidagi hamkorlik xalqaro tajribani o‘rganish va uning samarali jihatlarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirishga qaratilgan.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 2, 2026#seminar Ohangaronda to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi…
  2. Oct 2, 2026#qulaylik Ohangaron shahrida yangi zamonaviy avtobuslar yo‘lga qo‘yildi Aholiga qulay, xav…
  3. Oct 2, 2026#jarayon Milliy paxtamiz xalqaro ekspertlar nigohida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →