#jarayon
Milliy paxtamiz xalqaro ekspertlar nigohida
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) Ijrochi direktori Erik Traxtenberg hamda tashkilotning texnik direktori, doktor Keshav Kranti Bo‘ka tumanidagi paxta dalalarida bo‘ldi.
Tashrif davomida xalqaro ekspertlarga paxtachilikda qo‘llanilayotgan biochar texnologiyasi, yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan “8 ta qonun” asosidagi agrotexnik tadbirlar, shuningdek, Etefon va Avguron preparatlaridan foydalanish orqali erishilgan natijalar namoyish etildi.
Mutaxassislar dalalardagi paxtaning rivojlanish holati, ko‘saklarning ochilishi hamda kutilayotgan hosil ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishdi.
ICAC vakillari O‘zbekistonda paxtachilikda qo‘llanayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar va amaliy yondashuvlarga qiziqish bildirib, dalalarda kuzatilayotgan natijalarni ijobiy baholadi.
Xususan, ilmiy yondashuv, zamonaviy agrotexnologiyalar va amaliy tajribaning uyg‘unligi e’tirof etildi. Uchrashuv davomida mazkur tajribalarni o‘rganish hamda ilg‘or amaliyotlarni xalqaro miqyosda ommalashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66259
3.49K









