Ohangaronda to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi
Ohangaron tumanida 2027-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ishlarini oldindan tashkil etish, ayniqsa, bog‘ va tokzorlardagi qator oralaridan unumli foydalangan holda to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlarga e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Ohangaron tumanida fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda bog‘ va tok qator oralariga ekinlarni o‘z vaqtida joylashtirish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, urug‘lik va ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash, ekish muddatlariga amal qilish hamda ekinlarning rivojlanishi uchun zarur agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan zarur tavsiya va tushuntirishlar oldilar. To‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish jarayonida uchraydigan agrotexnik masalalar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Amaliy seminar davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga to‘qsonbosti ekinlarini parvarishlashda har bir agrotexnik tadbirning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yakuniy hosildorlikka bevosita ta’sir qilishi tushuntirildi.
Shuningdek, qator oralaridan foydalanishda asosiy bog‘ va tokzorlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan ekinlarni tanlash, suv va ozuqa resurslaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram









