TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.2K subscribers
Post #66225 1.97K
#tuhfa

Angrenda zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Angren shahridagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida barpo etilgan zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimida shahar hokimi Alisher Rayimov, mahalla raislari, nuroniylar hamda maktab jamoasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi «Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–245-son qarorida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahallalarda universal, stritbol va vorkaut maydonchalarini tashkil etish belgilangan.

Yangi maydoncha o‘quvchilar va mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 1, 2026#bayram_tabrigi Aziz ustozlar, mehringiz uchun tashakkur! Ustozning mehrli nigohi, bergan…
  2. Oct 1, 2026#ta'lim Chinozlik pedagoglar Finlyandiyada Chinoz tumanidagi bir guruh ta’lim sohasi vakil…
  3. Oct 1, 2026#telenigoh Angren shahrida 4-sonli texnikum yangi binosining tantanali ochilish marosimi l…
  4. Oct 1, 2026#sana Olamda ko‘p erur muborak onlar, Tabarruk zotlar ham garchand ko‘p erur. Sizgadir ilk…
  5. Oct 1, 2026#maxsus_dayjest "1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Toshkent viloyatin…
  6. Sep 30, 2026#shukuh 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →