#shukuh
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda ustoz va murabbiylarning yosh xodimlarni kasbiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash, boy tajribalarini yosh avlodga yetkazish hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishdagi muhim o‘rni ta’kidlandi.
🎁 Tadbir yakunida ko‘p yillik samarali mehnati va fidoyiligi bilan jamoa rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri nomidan Faxriy yorliqlar, shuningdek, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i nomidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari va tabriknomalar tantanali ravishda topshirildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Post #66213
2.87K









