Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan holat to‘g‘risida ma’lumot.
Bugun, 3-oktyabr kuni soat 11:36 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, Sergeli 4-dahasida joylashgan yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Vaziyat bo’yicha qo’shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Post #19340
3.71K

- 👍 2
- ❤ 1
- 🤔 1