TGViewer
TKTI "Zakovat" klubi TKTI "Zakovat" klubi @tktizakovat · 281 subscribers
Post #6891 115

Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri

📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🧑‍🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

💪 Olimpiadaning respublika bosqichi ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Shaxmat
Shashka
Zakovat-xakaton

1️⃣5️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 15 nafargacha ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 3 nafari Zakovat-xakaton uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani @zakovat_ariza_bot boti orqali 3-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi hamda zakovatklubi.uz saytida o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi.

📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi.

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan.

🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

🗓 Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilish vaqti haqida keyinroq ushbu kanalda alohida ma'lumot beriladi.

➖ @Toshkent_ZakovatNNT ➖
  • ❤ 1
More from @tktizakovat
  1. Oct 16, 2026Hozirgacha ro'yhatdan o'tgan jamoalar
  2. Oct 15, 2026📣E’LON! Aziz talabalar! 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab…
  3. Oct 1, 2026🎉 Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
  4. Sep 17, 2026👩‍🎓TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI TALABALARI “TALABALAR LIGASI”DA FAOL ISHTIROK ET…
  5. Sep 17, 2026🇺🇿O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkil…
  6. Sep 17, 2026Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini hamda “…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →