TGViewer
TKTI "Zakovat" klubi TKTI "Zakovat" klubi @tktizakovat · 281 subscribers
Post #6875 176

Forwarded from TKTI Yoshlar Ittifoqi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini hamda “Karaoke” kechasi tashkil etildi!

🇺🇿O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti hamda Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari tomonidan institutning talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan 1-bosqich talabalari o‘rtasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini hamda “Karaoke” kechasi tashkil etildi.

🧠 Kechaning birinchi qismida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

🔗 Qiziqarli va mantiqiy savollar asosida kechgan bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, zukkolik, topqirlik va tezkor fikrlash borasidagi qobiliyatlarini namoyon etdilar.

🤝Bellashuvda talabalar jamoalar shaklida ishtirok etib, har bir savol yuzasidan o‘zaro fikr almashgan holda to‘g‘ri javobni topishga harakat qildilar. Yoshlarning faol ishtiroki, yuqori kayfiyati va o‘zaro hamjihatligi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🏆 Bellashuv yakunlariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin — “Everest” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Sensatsiya” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Milliy qizlar” jamoasi
g‘oliblikni qo‘lga kiritib, munosib taqdirlandilar.

🎙 Kechaning ikkinchi qismida esa “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinidan so‘ng barcha talaba-yoshlar uchun yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida “Karaoke” kechasi tashkil etildi.

🎶Talaba-yoshlar sevimli qo‘shiqlarini ijro etib, o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Quvnoq kuy-qo‘shiqlar, samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatga boy kecha barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

✨Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona muhit va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


✅ Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🌎 Veb-sayt |📲 Telegram |🖥 Instagram|  👩‍🎓 Rasmiy kanal
  • ❤ 1
More from @tktizakovat
  1. Oct 16, 2026Hozirgacha ro'yhatdan o'tgan jamoalar
  2. Oct 15, 2026📣E’LON! Aziz talabalar! 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab…
  3. Oct 14, 2026📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🧑…
  4. Oct 1, 2026🎉 Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
  5. Sep 17, 2026👩‍🎓TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI TALABALARI “TALABALAR LIGASI”DA FAOL ISHTIROK ET…
  6. Sep 17, 2026🇺🇿O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →