#PresidentAIAward2026
#TuproqIQ
#startaper
#ilmiy_faoliyat
🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYMIZ!
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Startaplar klubi loyihasi — President AI Award 2026 tanlovining TOP 5 eng istiqbolli startaplari qatorida!
🚀 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Startaplar klubi tomonidan ilgari surilgan TuproqIQ innovatsion startap loyihasi President AI Award 2026 tanlovining dastlabki saralash hamda Offline Pitching bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro akseleratsiya dasturiga yo‘llanma oldi!
🏆 Bu natija qanday qo‘lga kiritildi?
✅ Tanlovga kelib tushgan dastlabki 655 ta ariza orasidan loyiha birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
✅ Keyingi bosqichda 220 dan ortiq startap o‘z loyihalarini xalqaro ekspertlar oldida taqdim etdi (Offline Pitching).
✅ Yakuniy saralash natijalariga ko‘ra, TuproqIQ reen Economy & Agrotech AI yo‘nalishida eng yaxshi 5 ta startap jamoasi qatoridan joy olib, achkolar hisobida
3-o'rinda intensiv akseleratsiya dasturining final bosqichiga qabul qilindi.
🌎 Xalqaro akseleratsiya dasturi dunyoning yetakchi innovatsion platformalaridan biri — Plug and Play tomonidan amalga oshirilmoqda. Dastur davomida startap jamoalari xalqaro mentorlar bilan ishlash, mahsulotlarini takomillashtirish, biznes modellarini rivojlantirish hamda investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
💰 Tanlovning investitsiya mukofotlari: Tanlovda beshta yo'nalish bo'yicha (har bir yo'nalishdan 3 tadan) eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan 15 jamoa quyidagicha investetsiyalarni jalb qilish imkoniga ega bo'ladilar.
🥇 1-o‘rin — 100 000 AQSH dollari
🥈 2-o‘rin — 60 000 AQSH dollari
🥉 3-o‘rin — 40 000 AQSH dollari
Ushbu mablag‘lar tanlovning yakuniy g‘oliblariga startaplarini rivojlantirish uchun investitsiya sifatida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
👏 TuproqIQ jamoasini ushbu katta yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu muvaffaqiyat institutimizda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar va tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalarini startap loyihalarga aylantirish hamda ularni xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
🤝 Jamoamizga akseleratsiya dasturining keyingi bosqichlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yuqori natijalar tilaymiz!
TuproqIQ jamoasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!
✅ Muhokama uchun
✅ Bizni kuzatishda davom eting
Post #1966
217
Forwarded from TKTI | Startaplarni rivojlantirish va Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash






- 👍 6
- 🔥 5
- 🤩 1