TGViewer
TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar @tkti_ilmiy · 773 subscribers
Post #1961 257

Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal

🔖 “Organik sintez texnologiyasi” kafedrasida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

🔜 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Organik sintez texnologiyasi” kafedrasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini maqola va dissertatsiya shaklida rasmiylashtirish: zamonaviy talablar va amaliy yondashuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

🗣️ Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdi.

🎤 Tadbir davomida kafedra mudiri A.E.Ziyadullayev tomonidan ilmiy tadqiqot natijalarini maqola va dissertatsiya shaklida rasmiylashtirish, xalqaro jurnallarda nashr etish, Scopus bazasidagi jurnallarni to‘g‘ri tanlash hamda dissertatsiya ishlarining ilmiy-uslubiy sifatini oshirish masalalari yoritildi.

💭 Shuningdek, ilmiy maqola tuzilishi, tadqiqot natijalarini asoslash, ilmiy yangilikni aniq ifodalash va jurnal talablariga muvofiq maqola tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🛍 Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilmiy maqola va dissertatsiya tayyorlashdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 👏 1
More from @tkti_ilmiy
  1. Oct 15, 2026#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Spin_off “Spin-off” tashkil qiling — imtiyozlardan foydalani…
  2. Oct 15, 2026#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Kafedradan 15-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instit…
  3. Oct 15, 2026#ilmiy_faoliyat #anjuman 👩‍🎓 2026-yilning 3-4 noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya…
  4. Oct 14, 2026#ilmiy_faoliyat #ilmiy_daraja #PhD TABRIKLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiya…
  5. Oct 14, 2026#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Funksional mahsulotlar texnologiyasi kafedrasidan 11-maqola!!!…
  6. Oct 13, 2026#PresidentAIAward2026 #TuproqIQ #startaper #ilmiy_faoliyat 🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYM…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →