TGViewer
TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar @tkti_ilmiy · 773 subscribers
Post #1976 121

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Spin_off

“Spin-off” tashkil qiling — imtiyozlardan foydalaning!


Ilmiy g‘oyangizni biznesga aylantirishni istaysizmi? Vazirlar Mahkamasining 554-son qarori bilan “spin-off” korxonalarni tashkil etish tartibi belgilandi.

Yangi ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan “spin-off” korxonalari uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

📌 Asosiy imkoniyatlar:

➡️ Yagona reestr. Yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar reestri Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yuritiladi.

➡️ Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. Reestrga kiritilgan va yangi ishlanma asosida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-son Farmonida nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tatbiq etiladi.

➡️ Investitsiyalar uchun qulaylik. “Spin-off” korxonasiga investorlar tomonidan investitsiya kiritishga oid bitim va shartnomalar bo‘yicha vakolatli davlat organining xulosasi talab etilmaydi. Bunda davlat-xususiy sheriklik va ishonchli boshqaruvga berish holatlari mustasno.

➡️Foydani qayta investitsiya qilish. Korxonaning sof foydasi davlat ulushi bo‘yicha dividendga yo‘naltirilmasdan, vakolatli organlar ruxsatisiz ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali qayta investitsiya qilinishi mumkin.


Ushbu imkoniyatlardan kimlar va qanday tartibda foydalanishi mumkin? “Spin-off” korxonasini tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerak?

➡️Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va “Spin-off” korxonalar faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i R.Ergashev bilan tayyorlangan intervyuda shu haqda so‘z yuritildi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
More from @tkti_ilmiy
  1. Oct 15, 2026#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Kafedradan 15-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instit…
  2. Oct 15, 2026#ilmiy_faoliyat #anjuman 👩‍🎓 2026-yilning 3-4 noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya…
  3. Oct 14, 2026#ilmiy_faoliyat #ilmiy_daraja #PhD TABRIKLAYMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiya…
  4. Oct 14, 2026#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Funksional mahsulotlar texnologiyasi kafedrasidan 11-maqola!!!…
  5. Oct 13, 2026#PresidentAIAward2026 #TuproqIQ #startaper #ilmiy_faoliyat 🎉 KATTA YUTUQ BILAN TABRIKLAYM…
  6. Oct 13, 2026#ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Kafedradan 14-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instit…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →