TEXNOLOGIK “OKNO” JARAYONIDAN
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari A.A.Kamildjanovning 2026-yil 17-sentabrdagi 345-YH-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 25-sentabr kuni Termiz temir yo‘l masofasi filiali xodimlari tomonidan navbatdagi texnologik ishlar amalga oshirildi.
Mazkur ishlar doirasida Surxon - Qumqoʻrgʻon temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 4525-km 3-piket qismida temir yo‘l ostidan 2,3 × 2,0 metr o‘lchamdagi temir-beton tunnel qurish ishlari bajarilmoqda.
Mazkur tunnelni barpo etishdan asosiy maqsad mahalliy aholi uchun temir yo‘l hududini xavfsiz kesib o‘tish bo‘yicha qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, piyodalar harakatini tartibga solish hamda noxush holatlarning oldini olish hisoblanadi.
Temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda muhandislik inshootlarini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|