TGViewer
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali "TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali @termiz_mtu · 1.81K subscribers
Post #15106 4.27K
QUMQO‘RG‘ON – QUDUQLI TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G'.O.Mamadaliyevning 2026-yil 8-sentabrdagi 74-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on - Quduqli temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi.

Filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
💬temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
💬 strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
💬 sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
💬 temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
💬 signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
💬 yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
💬 kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
  • ❤ 2
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @termiz_mtu
  1. Oct 1, 2026KEKSALARNI E’ZOZLASH — EZGU QADRIYAT “Keksalarni e’zozlash oyligi” doirasida “Termiz MTU”…
  2. Oct 1, 2026#Tugilgan_kun!!! "Termiz MTU" filiali Sherabod stansiyasi boshligʻi Boboyev Kamoliddin Omo…
  3. Oct 1, 20261-OKTABR — USTOZLAR VA MURABBIYLAR KUNI Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — Ust…
  4. Oct 1, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  5. Oct 1, 2026"TEMIRYO‘LCHI" gazetasining 2026 yil 1-oktyabr kunidagi 38-soni mutolaa uchun havola qilin…
  6. Sep 30, 2026Mavsum bo'yicha kasb kiyimini kiyish tartibi. 📆 1-oktyabrdan kasb kiyimining o'zgarishini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →