KEKSALAR E’ZOZDA — YIG‘ILISHDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.
Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 1-oktabr — Xalqaro keksalar kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda kasaba uyushmasi faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kun tartibiga muvofiq, Keksalar haftaligini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Muhokamalar davomida keksalarni e’zozlash, ularning ko‘p yillik mehnati va hayotiy tajribasini qadrlash, faxriy temiryo‘lchilarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, jamoa shartnomasini takomillashtirish, xodimlarning mehnat va ijtimoiy manfaatlarini yanada samarali himoya qilish hamda mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi yuzasidan so‘rovnomaga asosan tegishli chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bunday uchrashuv va tadbirlarning izchil tashkil etilishi jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faxriy temiryo‘lchilarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|
Post #15110
811




- ❤ 1
- 😢 1